Andijonning chekka qishlogʻida tugʻilib oʻsgan Nasibaxon Naralieva ilm yoʻlida mashaqqatli sinovlarni mardona yengib, bugungi kunda hurmat topgan olima ayollardan biridir. Ayni kunda u Andijon davlat universiteti “Ekologiya va barqaror rivojlanish” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.