“Oq ot” spektakli: doʻstlik rishtalari tarannum etilgan asar
Andijonda IV TURKSOY xalqaro teatr festivali davom etmoqda.
Festival doirasida turkiy xalqlar teatr jamoalari tomonidan koʻplab spektakllar namoyish etilmoqda. Festivalda Buyuk Saparmurat Turkmanboshi nomidagi Turkmaniston bosh akademik drama teatri jamoasining “Oq ot” spektakli ixlosmandlar, mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.