XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
XXXXVI-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-turi O‘zbekiston jamoalari uchun har jihatdan murakkab kechdi. Abdusattorov yetakchiligidagi yigitlarimiz ilk bor raqibiga ochko taqdim etgan vaziyatda Afruza Hamdamova sardorligidagi qizlarimiz raqiblarini dog‘da qoldirdi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidovdan iborat O‘zbekiston-1 jamoasi ushbu turda Germaniya jamoasi bilan kuch sinashdi.
Murakkab va katta ruhiy bosim ostida kechgan “jang”larda Nodirbek Abdusattorov Vinsent Kaymer bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, Javohir Sindorov azaliy raqiblaridan biri Bluyebaumni mag‘lub etdi. 3 va 4-taxtalarda harakatlangan Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov esa aka-uka Frederik va Rasmus Sveynsga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.