XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
O‘zbekiston-1-Hindiston qarama-qarshiligining birinchi taxtasida harakatlangan Nodirbek Abdusattorov Praggnanandhaa bilan, Javohir Sindorov Arjun Erigayisi bilan, Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bilan durangga erishishi har ikki jamoa uchun Nodirbek Yoqubboyev-Nihal Sarin qarama-qarshiligi hayot-mamot masalasini hal etadigan bahs ko‘rinishini oldi.
Aynan Nodirbek Yoqubboyevning g‘alaba qozonishi ortidan O‘zbekiston-1 jamoasi Hindistonni 2,5:1,5 ko‘rinishida yengib, 12 ochko bilan turnir jadvalidagi yetakchilik o‘rnini mustahkamlashiga zamin yaratdi.