O‘zbekiston milliy banki – tarix va bugungi kunni turfa fotografiyalar orqali aks ettiruvchi platforma.
Milliy fotobank – O‘zbekistonning oxirgi 125 yillik tarixi va bugungi kunini yorqin fotografiyalarda aks ettiruvchi platforma. U birinchi milliy raqamli bank – “Anorbank” AJ qo‘llovi bilan mamlakatning nufuzli va katta tarixga ega axborot agentligi – O‘zA jamoasi tomonidan yaratilgan.
Uni tashkil etishda quyida keltirilgan kabi maqsadlarga erishish ko‘zlangan:
XX asr boshlaridan beri yaratilgan arxiv fotosuratlarni raqamli formatda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish;
O‘zbekiston bilan bog‘liq turfa mavzu va yo‘nalishlarni qamrab oluvchi hamda uning turli hududlarida olingan zamonaviy fotosuratlarni taqdim etish;
Davlat va nodavlat tashkilotlarga o‘z sahifasini yaratgan holda gallereya yaratish va o‘z faoliyatiga oid fotosuratlarni joylab borishga imkoniyat yaratish;
Frilans fotograflar, fotorassomlar va fotomuxbirlarga o‘z sahifalarida shaxsiy ijod namunalarini ulashib borish va sotishga yo‘l ochish;
Fotograflar orasida tanlovlar o‘tkazish orqali ular bilan o‘zaro tajriba almashishni rag‘batlantirish;
Fotografiyaga oid maqola va o‘quv-metodik materiallarni chop etib, sohaga qiziquvchi yoshlarning ko‘nikmalarini oshirish va yangi avlod fotograflari yetishishiga hissa qo‘shish;
O‘zbekistonda turli sohalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun sharoit yaratish, ya’ni arxiv muassasalariga borish va u yerda uzoq vaqt kerakli fotografik materiallarni izlash bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etish.
Milliy fotobank platformasida davlat tashkilotlari hamda o‘z ijodiy ishlarini beminnat tarqatishni tanlagan fotograflarning vizual materiallaridan bepul foydalanish mumkin. Ommaviy axborot vositalari, frilans fotograf va jurnalistlarning fotosuratlari esa xalqaro litsenziyalar asosida sotilib, foto mualliflariga yetkaziladi.
Agar siz fotograf bo‘lsangiz, o‘zingizga sahifa ochib, fotografiyalaringizni joylashtirishingiz va sotishingiz mumkin.
Updated: 2026-07-22 05:45:53