XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
Samarqandda XXXXVI-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turi O‘zbekiston jamoalari uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Nodirbek Abdusattorov sardorligidagi O‘zbekiston-1 terma jamoasi asosiy raqiblaridan biri - AQSH jamoasini, Jahongir Vohidov yetakchiligidagi O‘zbekiston-2 vakillari Niderlandiya shaxmatchilarini mag‘lub etdi.
O‘zbekiston-1 erkaklar jamoasi sardori Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada oq donalarda Fabiano Karuanani mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Javohir Sindorov qora donalarda Uesli Soga imkoniyatni boy berdi. Nodirbek Yoqubboyev o‘z navbatida oq donalarda Hans Moke Niyemanni taslim etdi. Yosh shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov qora donalarda tajribali Levon Aronyan bilan murosa yo‘lini tanlashi natijasida hamyurtlarimiz 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.