Paraosiyo o'yinlari qahramonlari tantanali kutib olindi
Joriy yilning 19-24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan mamlakatimizning matonatli paralimpiyachilari yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi.
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari 11 sport dasturida ishtirok etib, ular orasida para yengil atletika, para dzyudo, para suzish, para pauerlifting, para taekvondo va para velosport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan shiddatli bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 145 ta medalga sazovor bo‘ldi.