XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
XXXXVI-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 7-tur bahslari O‘zbekistonning asosiy jamoalari uchun har jihatdan omadli kechdi.
Nodirbek Abdusattorov birinchi taxtada 17-jahon chempioni Din Lijenni, Nodirbek Yoqubboyev esa 3-taxtada 2014 yilgi shaxmat olimpiadasi g‘olibi Yuy Yanʼini mag‘lub etdi. Javohir Sindorov Osiyo chempioni Vey I bilan, Muhiddin Madaminov Syanyuy Syuy bilan durangga erishishi natijasida O‘zbekiston-1 jamoasi Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.