O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar festivali
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida “O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir Surxon vohasining boy gastronomik merosi, uzumchilik an’analari, mahalliy mahsulotlari va turistik salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan.