XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
Samarqandda o‘tayotgan XXXXVI-Butunjahon shaxmat olimpiadasining murosasiz bahslari dunyoning 205 ta davlatida kuzatib borilayotgan bo‘lsa, yuzdan ziyod davlatning ommaviy axborot vositalari, internet sahifalari, ijtimoiy tarmoqlarida bevosita yoritib borilmoqda.
Ortda qolgan 4-tur o‘yinlarida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynadi. Nodirbek Yoqubboyevning turkiyalik 28 yoshli Vaxap Shanalni mag‘lub etishigina terma jamoamizga g‘alaba yo‘lidagi muhim ochkoni taqdim etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar evaziga O‘zbekiston-1 jamoasi Turkiya shaxmatchilarini 2,5:1,5 hisobida yengishiga olib keldi.