Toshkentda o‘tkazilayotgan XI xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi
Toshkentda o‘tkazilayotgan XI xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi doirasida O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida «Voqealar ufqi» nomli ko‘rgazma o‘z faoliyatini boshladi. Ekspozitsiyadan O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar rassomlarining zamonaviy san’atning turli janr va yo‘nalishlarida yaratilgan ijodiy ishlari o‘rin olgan.