XXXXVI shaxmat olimpiadasining barcha tur o'yinlari
XXXXVI-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 1-tur o‘yinlarida erkaklar jamoalari o‘rtasida 101 ta juftlikdagi o‘yinlar o‘tkazildi. Ularning 99 tasida g‘alaba qayd etildi. 1 tasida tomonlar murosa yo‘lini tanladi.
Erkaklar terma jamoalarimizdan O‘zbekiston-1 Yamayka jamoasini 4:0, O‘zbekiston-2 Afg‘oniston shaxmatchilarini 3:1 va O‘zbekiston-3 jamoasi Mali vakillarini 3.5:0.5 hisobida dog‘da qoldirdi.