Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
Termiz shahrida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Surxondaryo viloyatining asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi ta’lim tashkilotlari mutasaddilari, ilg‘or pedagoglar, ko‘p yillik samarali mehnati bilan ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriy ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.