Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan “Atlas bayrami” doirasida xalqaro moda ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda milliy atlas va adras matolaridan yaratilgan zamonaviy liboslar namoyish etildi. Turli uslub va ranglar uyg‘unligida yaratilgan kiyimlar orqali milliy matolarning betakrorligi, qadimiy an’analar va zamonaviy moda yechimlari uyg‘unligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rgazma davomida dizaynerlarning ijodiy ishlari, milliy liboslarning zamonaviy talqini hamda Marg‘ilon atlasining jozibasi tomoshabinlar e’tibor