Marg‘ilon shahrida milliy hunarmandchilik va atlas san’atining betakror namunalari namoyish etilgan “Atlas bayrami” o‘zgacha fayz va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida rang-barang atlas va adras matolari, milliy liboslar hamda hunarmandlar ijod namunalari ishtirokchilarga taqdim etildi. Bayram manzaralarida Marg‘ilonning qadimiy to‘qimachilik an’analari, milliy qadriyatlar va zamonaviy dizayn uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Fotorеportajimiz orqali ana shu go‘zallik va bayramona lahzalarni