Denov tumanining Nuriston mahallasida yashovchi Sundur Jumayev va uning oila a’zolari milliy qadriyatlarimizdan biri ayollar uchun mo‘ljallangan milliy surma tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Bu hunar oilaga nafaqat an’anaviy qadriyatni davom ettirish, balki o‘z mehnati orqali qo‘shimcha daromad topish imkonini bermoqda.