“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlandi
Mamlakatimiz aholisi va xorijlik sayyohlarga temir yo‘l transportida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish, hududlararo qulay, xavfsiz va zamonaviy transport xizmatlarini kengaytirish maqsadida “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida zamonaviy tezyurar “CRRC-Dalian” elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.