Andijon davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yili boshlandi.
Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida universitetda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi asosida mustaqillik darslari o‘tkazildi.