Yurtimiz har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Curxon elida ham mustaqilligimizning 35-yilligi keng nishonlanmoqda.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida o‘tayotgan tadbirlar yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch ulashmoqda. Termiz tumani "Yangi O‘zbekiston" massividagi amfiteatr maydonida viloyat aholisi va mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan asosiy tantana barchaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.