Tongning ilk shabadasi uzum barglarini yengil tebratar ekan, Uzun tumanidagi Yangi ro‘zg‘or mahallasida yangi kun o‘ziga xos tarovat bilan boshlanadi. Bu maskanda tabiat go‘zalligi inson mehnati bilan uyg‘unlashib, mahalla qiyofasiga o‘zgacha fayz bag‘ishlagan.
Yangi ro‘zg‘or — uzumzorlari bilan ko‘rk ochgan, mehnatsevar va tadbirkor insonlari bilan fayz topgan mahalla.