Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 22-avgustdagi tegishli farmonlariga muvofiq, viloyatdan 21 nafar yurtdoshimiz yuksak davlat mukofotlari — faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, turli soha vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni topshirildi.