Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Termiz filiali
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Termiz filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy majmua 504 o‘rinli o‘quv binosi, 222 o‘rinli yotoqxona va sport zalidan iborat. Bu yerda 5–11-sinf o‘quvchilariga informatika, matematika, fizika va ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Yangi ta’lim maskanlari — Mustaqillikning 35-yilligiga munosib tuhfa, farzandlarimizning bilimli va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi yo‘lidagi muhim qadamdir.