Bodibilding va fitnes bo’yicha XXXXVI – Osiyo chempionati
Bodibilding va fitnes – dunyoda ommalashayotgan jozibador sport turlaridan. Bodibilding – tana mushaklarini rivojlantirish, degan ma’noni anglatadi. Fitnes – akrobatika va gimnastika mashqlarini o‘zida mujassam etgan sog‘lomlashtiruvchi harakatlardir.
2006-yil tashkil etilgan O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirishga faol hissa qo‘shmoqda.