O‘zbekiston futboli yulduzlari jahon afsonalaridan ustun keldi
Toshkentda futbol muxlislari uchun unutilmas kecha bo‘lib o‘tdi. «Bunyodkor» stadionining sun’iy maydonida O‘zbekiston futboli afsonalari jahon futboli yulduzlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Shiddatli va gollarga boy kechgan bahsda O‘zbekiston afsonalari 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.