Andijon tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sadda tagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Qurbonovlar xonadoni bunga yaqqol misol. Bu yerda gulchilik nafaqat oilaviy mashg‘ulot, balki daromadli faoliyat turiga aylangan.