"Incheon-2014" da sportchilarimiz 70 ta medal jamg'ardi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo’lib o’tgan XVII Osiyo o’yinlari (2014 yil 19 sentabr - 4 oktabr) da O‘zbekistondan 331 nafar sportchi ishtirok etib, 30 ta sport turi bo‘yicha mamlakat sharafini himoya qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi jami 70 ta medal jamg’ardi: 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza.