Toshkent shahridagi Prezident maktabi — Oʻzbekistondagi iqtidorli oʻquvchilar uchun tashkil etilgan nufuzli davlat taʼlim muassasalaridan biri. Maktab 2019-yilda ochilgan bo‘lib, zamonaviy ta’lim usullari va xalqaro tajriba asosida faoliyat yuritadi.