Monomarkazda ayollar va erkaklar sartaroshligi, tikuvchilik, qandolatchilik, kompyuter dasturlash hamda nemis tili bo‘yicha o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida hudud mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda yangi yo‘nalishlarni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.