Havodagi harakatni boshqarish Termiz hududiy bo'linmasi
Minorada joylashgan dispetcherlik punkti bir nuqtaning o‘zida havo kemalari harakatlari, shuningdek, aerodromdagi xizmatlar ishi ustidan uzluksiz radiolokatsiyaviy va vizual monitoring o‘tkazishga imkon beradi.
Balandligi 25 metr bo‘lgan yangi minora mintaqa havo bo‘shlig‘idagi harakatlar samaradorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oshirib, parvozlar xavfsizligini ta’minlashda haqiqiy va mustahkam qo‘rg‘onga aylanadi.