Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari
Surxondaryo viloyatida 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlariga start berildi.
📝 Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilgi qabul jarayonida 48 ming 185 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
🏪 Test sinovlari belgilangan tartib va jadval asosida o‘tkazilib, abituriyentlar uchun shaffof hamda adolatli baholash jarayoni ta’minlanmoqda.