“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i"
“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i 2022-yil 4-martda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizdagi muhim muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan biri hisoblanadi. Milliy bog‘ hududida 55 dan ortiq yovvoyi hayvonlar va qushlar turlari uchraydi. Shulardan 23 turi xalqaro ittifoq Qizil ro‘yxati hamda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, ular doimiy ilmiy monitoring ostida.