Termiz shahrida 86,4 mlrd so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan "Tibbiyot klasteri" ishga tushirildi. Ushbu zamonaviy tibbiyot majmuasi 300 o‘rinli tibbiyot markazi, 450 o‘rinli o‘quv xonalari va konferensiya zaliga ega bo‘lib, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini yaratishi bilan birgalikda viloyatning Oliy ma’lumotli shifokorlarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.