Bu hudud Qur’oni karimda zikr etilgan yigirma besh payg‘ambardan biri Zul-Kifl dafn etilgan maqbara mavjudligi bilan ma’lumu mashhur.
Payg‘ambar oroli mamlakatimizni qo‘shni Afg‘oniston bilan ajratib turadigan Amudaryo o‘rtasida joylashgan
Bir zamonlar sokin Amudaryo o‘rtasida paydo bo‘lgan tabiat mo‘jizasining hududi 4 ming gektar. Uning 970 gektari o‘rmonzor, qolgan qismi jiyda, terakjiyda va terak aralash to‘qayzorlardan iborat. Bu yerda turli yovvoyi hayvonlar emin-erkin yashaydi.