Surxondaryo viloyatida quvvati 550 KVt bo‘lgan Qumqo‘rg‘on mikro GESi foydalanishga topshirildi. Loyiha qiymati 800 ming dollar bo‘lgan mazkur mikro GES yillik 2,7 mln KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur mikro GESning ishga tushirilishi natijasida 950 ta xonadon "yashil" energiya bilan ta’minlanadi va 4 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, yillik o‘rtacha 730 ming m3 gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.