Termiz shahridagi San’at saroyida viloyat hokimligi, okrug qo‘mondonligi, barcha kuch tuzilmalari xodimlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Amir Temur jangovar bayrog‘i”ni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Farhod Shermatov Amir Temur jangovar bayrog‘ining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib, Prezident tomonidan jangovar bayroq bilan berilgan diplomni o‘qib eshittirdi.