Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi qayta ta’mirdan chiqarilib, kitobxonlar xizmatiga topshirildi.
Kutubxona 1972-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda unda 105 ming 400 dan ziyod kitob fondi mavjud. Shundan 10 ming 520 tasi elektron adabiyotlardan iborat. Joriy yilda kutubxona 22 ming 400 nafar kitobxonni o‘z safiga qabul qildi. Bu yosh avlodda kitobga bo‘lgan qiziqishning oshayotganidan dalolat.