Raqamli kutubxona katalogini ko‘zdan kechirayotgan qiz
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi qayta ta’mirdan chiqarilib, kitobxonlar xizmatiga topshirildi.
Kutubxona 1972-yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda unda 105 ming 400 dan ziyod kitob fondi mavjud. Shundan 10 ming 520 tasi elektron adabiyotlardan iborat. 2024-yilda kutubxona 22 ming 400 nafar kitobxonni o‘z safiga qabul qildi. Bu yosh avlodda kitobga bo‘lgan qiziqishning oshayotganidan dalolat.