Olis tog‘li hududlarga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilmoqda
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan Boysun tumanining “Duoba” mahallasida “Duoba”, “Xujoydod”, “O‘rmonchi” va “Dexibolo” mahallarida yashovchi jami 1218 ta xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda qulaylik yaratish maqsadida “Duoba” maishiy gaz ballonlarni saqlash va tarqatish servis markazi 2023-yil oktyabr oyida qurib foydalanishga topshirilgan. Ushbu servis markazi o‘rtacha quvvati bir kunda 450 dona maishiy gaz ballonlari saqlash va tarqatish imkoniyatiga ega.