“Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish jarayonlari
Uzunligi 111 kilometr bo‘lgan yo‘l 2027-yil foydalanishga topshiriladi. Uning qariyb 108 kilometrini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Yirik loyihani amalga oshirish chog‘ida 26 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 114 ta suv quvuri, ikkita avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini qayd etuvchi nazorat posti barpo etiladi.