Surxondaryo o‘zining betakror tabiati va sir asrorlari bilan doim barchaning e’tiborida bo‘lgan. Shunday tilsimlardan biri ikki tup ko‘hna chinor bo‘lib, u Boysun tumanining Sayrob qishlog‘ida joylashgan.
Sayrob chinori Surxon zamini bag‘rida qariyb 950-yildan buyon qo‘nim topgan. Balandligi 21 metr, kavagining yer sathidan o‘lchami 16,5 metr bo‘lib, kavagining og‘zi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida.