Denov tumanidagi “Said Otaliq madrasasi” arxitektura yodgorligi Surxondaryo viloyatidagi tarixiy va madaniy yodgorliklardan biridir. Ushbu madrasa XVI-XVII asrlarga oid bo‘lib, u o‘z davrida ilm-fan va ma’rifat maskani sifatida mashhur bo‘lgan. Madrasa XVI asrda Xo‘ja Alouddin Attorga atab bunyod etilgan. Alouddin Attor tariqat ta’limotini keng yoyish maqsadida Denovga ko‘chib kelgan va shu yerda vafot etgan.