Bugun Termiz shahrida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar ko‘chalarida eski, devorlari nurab, tomlari cho‘kib borayotgan pala-partish uylardan asar ham qolmayapti. Ushbu bunyodkorlik ishlari shahar qiyofasini yangilash, aholiga qulay va shinam yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.