Olis masofadagi aholiga suyultirilgan gaz yetkazilmoqda
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatning olis tog‘li hududlarida yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari maxsus yo‘l tanlamas “Kamaz” va “MAN” rusumli avtotransport vositalari orqali o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Sariosiyo tumanidagi "Chosh" mahallasi tuman markazidan 120 km uzoqlikda, viloyat markazidan esa 320 km uzoqlikda joylashgan.