"Mehrli maktab" ta’lim dasturi o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga oladi va uzluksiz ta’limni ta’minlaydi. Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan maktab ish boshlaganidan buyon uzoq vaqt davomida davolanayotgan 87 nafar maktab yoshidagi, 69 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari qulay va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Maktabda bolalar nafaqat an’anaviy fanlar, balki ijodkorlik, robototexnik