Xufar qishlog‘i — tog‘lar bag‘ridagi xotirjamlik makoni. Qishloq tog‘lar etagida, xuddi quchog‘ingizni keng ochsangiz osmon bilan uchrashgudek balandlikda joylashgan. Atrofdagi yashil tepaliklar, sharqirab oqayotgan ariq va buloqlar, musaffo havo — bularning barchasi insonni bir lahzaga bo‘lsa-da, shahar shovqinidan yiroqlashishga chorlaydi.