Ko‘xitang tog‘i markazidagi tog‘ dara. Sherobod tumanidagi Xatak qishlog‘i bilan Xomkon qishlog‘i oralig‘ida joylashgan. Toponim ikki o‘zak: “tangi” + “devon” dan tashkil topgan. Tangi – forscha “torlik”, “siqiqlik”, devon – kadimda beklik idorasi joylashgan joy, Tangidevon – “tor darada joylashgan devon, beklik ma’muriyati” ma’nosini anglatadi.