Boysun tumanida hududning yangi turistik imkoniyatlarini kashf etish maqsadida havo sharlari festivali bo‘lib o‘tdi. Xushmanzara tog‘lar qo‘ynidagi ko‘hna Boysun o‘zining go‘zal tabiat manzaralari, zilol, shifobaxsh suvlari, boldek shirin tabiiy mevalari bilan dunyoga tanilgan. Hududning turizm imkoniyatlarini ishga solish uchun havo sharlari havoga ko‘tarildi.