Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Termiz shahrining "Bolajon bog‘i" hududidan Yoshlar markazi binosigacha bo‘lgan hududda 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.