Ziroat Hoshimovna Mirziyoyeva — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi va mamlakatning Birinchi xonimi.
U "Zamin" xalqaro xayriya jamoat fondi asoschisi va raisi hisoblanadi. Fond ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo'llab-quvvatlash, bolalar va yoshlar salomatligini mustahkamlash, ta'lim va madaniyat sohasida muhim loyihalarni amalga oshirish bo'yicha faoliyat yuritadi.
Ziroat Mirziyoyeva "Mehrli maktab" dasturi doirasida maxsus ta'lim muhtoj bolalarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi uchun keng ko'lamli ishlar olib bormoqda. U ko'plab xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston ayollarini munosib namoyanda sifatida ishtrok etadi.
Birinchi xonim sifatida u xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, oila institutini mustahkamlash va yoshlarni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan rivojlantirish yo'nalishlarida faol ish olib bormoqda.