Davlat ekologiya qo‘mitasi BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikdagi “Biologik xilma-xillikning global turlari uchun muhim bo‘lgan asosiy tog‘ hududlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” loyihasi doirasida 2020 yil 9 iyul kuni OAV vakillari uchun Toshkent - Namangan viloyatlari hududida joylashgan Arashan ko‘llar tizimiga media-tur tashkil etdi. Arashan ko‘llar tizimiga 4 ta ko‘l kiradi: Arashan, Xo‘ja Arashan, Katta va Kichik arashanlar. Ularning barchasi daryo tipidagi yuqori tog‘li ko‘llar bo‘lib, 2774 metrdan 3365 metr balandlikkacha joylashgan. Katta ko‘l sathi uzunligi 750 metrni va kengligi 250 metrni tashkil qiladi. Ko‘llar oldida termal chashma mavjud bo‘lib, suvi yil bo‘yi 36.7 gradus haroratni saqlaydi. Chashma oltingugurt-vodorodli bo‘lib, mavsumdan qatʼiy nazar, doimiy 36,7 0S haroratga ega. Rivoyatlarning biriga ko‘ra, ushbu hovuz o‘tmishdagi hukmronlardan birining buyrug‘i bilan qurdirilgan va bu hovuzga davolanish uchun tez-tez kelib turishgan. Chashmadan ozgina ko‘tarilgach, tog‘ echkisi shohi bilan bezatilgan yirik qabrtoshi — so‘fiy qadamjosini uchratasiz. Rivoyatlarga ko‘ra aynan shu joy muqaddas Arashan buvining qabridir. Arashan ko‘li tizimining eng kichigi — Xo‘ja Arashan. Bu ko‘l issiq mavsum boshlanishi bilan quriy boshlaydi. Kabbi Arashan ko‘li - maydoni 750x250 m. Ko‘lning ro‘parasida katta uyum bor. U ulkan sel yoki qor ko‘chishi natijasida hosil bo‘lgan. Bu uyumni amallab kechib o‘tib, toshli o‘zandan ko‘tarilsangiz, chap tarafdagi chuqur ko‘l oldidan chiqasiz. Bu — Kichik Arashan ko‘li bo‘lib, go‘yo uning yaratilishida insonnnig qo‘li borday, to‘g‘ri shaklga ega va barcha tomonlari uyumlar bilan o‘ralgan. Uyumdan pastroqqa, serhosil, ko‘m-ko‘k vodiy tomon tusharkansiz, daraning chap tarafida ilgariroq paydo bo‘lgan Yuqori Arashan ko‘li joylashgan. Balandligi 2795 metr. Vodiy ostida 3300 metr balandlikda, shimoliy qismida ikkita muzli ko‘l joylashgan.
АвторAlmurat Mamadaminov























Показано 24 из 29